Bundan bir yarim yil ilgari Moskvaning mashhur biznes-vumenlaridan biri, BKF banki rahbari Olga Mirimskayaning yangi tug`ilgan qizi Sonya tug`ruqxonadan o`g`irlangan edi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Jinoyatni qizchaning surrogat onasi Svetlana Bezpyataya va Olga Mirimskayaning rasman nikohsiz yashagan turmush o`rtog`i, “Zolotaya korona” to`lov tizimining direktorlar kengashi raisi bo`lgan Nikolay Smirnovlar amalga oshirgan edi.

Erkakni o`z qizini o`g`irlashga nima majbur qilgani noma`lum. Do`stlari va qarindoshlarining aytishicha, Olga Nikolaydan 20 yosh katta bo`lsa-da, ular baxtli hayot kechirishgan. Olganing voyaga etgan uch farzandi bo`lsa-da, Nikolayga surrogat ona yordamida otalik baxtini hadya etmoqchi bo`lgan. Bolaga surrogat ona qilib, qrimlik Svetlana Bezpyataya yollangan. Svetlana homilador bo`lganda unga barcha shart-sharoitlar — Moskva markazidan uy, shaxsiy yordamchi va haydovchi tayinlangan. Sonya dunyoga kelib, uni Svetlana o`g`irlab ketgunga qadar hammasi yaxshi bo`lgan.

Olga bir yarim yil davomida qizini qidirib topishga va qaytarishga harakat qildi. Nihoyat qizchaning daragi chiqdi, u Shimoliy Kiprdan topildi.

ie9guvi50vuiuf1d7vcmhot95Qizcha qalbaki hujjatlar yordamida mamlakatdan olib chiqib ketilgan. Bir hafta ilgari bola o`g`rilari chegaradan noqonuniy ravishda o`tayotganda qo`lga olingan. Bolani olib kelish uchun Olganing to`ng`ich farzandi Arkadiy Golubich Turkiyaga bordi. 1 noyabr kuni Moskva shahrining Sheremetevo aeroportida Olga ilk marotaba qizchasini bag`riga bosish baxtiga muyassar bo`ldi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH