Rossiyaning Voronej viloyatidagi Borisoglebsk axloq-tuzatish koloniyasida jazo o’tayotgan aralash yakkakurash jangchisi, mashhur jangchi Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko 24 noyabrda ozodlikka chiqdi. Bu haqda uning advokati Kaxaber Dolbadze ma`lum qildi. Aleksandr jinsiy xarakterdagi zo’ravon harakatlari uchun sudlangandi.

«Aleksandr soat 15.00 dan keyin ozodlikka chiqqan. Men u bilan gaplashdim, u barchasini osoyishtalik bilan qabul qilgan. U hozir Tambovda va ona shahri Stariy Oskolga onasi yoniga ketmoqda», deb aytgan advokat.

Avvalroq ma`lum qilingandek, jazo muddatining o’talmagan qismi 2 yillik axloq-tuzatish ishlari bilan almashtirilgan. Bu davr ichida sportchining maoshidan 10 foizi davlat hisobiga o’tkaziladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH