Uzoq Sharq federal universiteti va Rossiya fanlar akademiyasining mahalliy bo‘limi mutaxassislari atom reaktorlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishning yangi g‘ayrioddiy texnologiyasini topdilar. Butun dunyo bo‘yicha bu texnologiya analogiga ega emas. Bu haqda rambler.ru xabar berdi.

Hozirgi kunda bunday yoqilg‘i kukunni maxsus nazorat ostida pishirish va presslash orqali granulatsiyalash yo‘li orqali olinadi. Tadqiqotchilar esa boshqa yo‘ldan borib, ishlab chiqarishda o‘sha xomashyoning o‘zini bosim ostida elektroimpulsiv pishirish usulini taklif qilishmoqda. Bu yangilik ishlab chiqarish suratini sezilarli darajada tezlatadi va mahsulot sifatini oshiradi.

Bu holatda yoqilg‘i tabletkalarini standart texnologiyada yaroqsiz bo‘lgan dioksid uran kukunidan ham olish mumkin bo‘ladi. Yangi texnologiyaning yana bir ijobiy tomoni uning arzonligidir. Olimlarning fikricha bu yangi texnologiyani ommaviy ishlab chiqarishga oson joriy etishga yordam beradi.

ULASHISH