Nijegorod tibbiyot akademiyasi olimlari miya komponentlarini probirkada o‘stirishni o‘rgandilar. Mutaxassislar buning uchun moddalarni o‘stirishning inqilobiy texnologiyasini yaratdilar. Bu haqda izvestia.ru xabar berdi.

Sun’iy miya o‘stirish uchun kerak bo‘ladigan biomaterial sichqonlardan olinadi , — dedi markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi rahbari Irina Muxina.

To‘plangan komponentlar maxsus probirkaga solinadi, keyin esa teriga maxsus ta’sir o‘tkaziladi. Teri ko‘rsatilgan ta’sirga javob qaytaradi. Natijada o‘z xotirasiga ega neyron tizimi shakllana boshlaydi.

Bu ishlanma biologlarga inson xotirasining oldinlari ma’lum bo‘lmagan mexanizmlarini o‘rganishga va xotira buzilishi bilan kechadigan, Parkinson kasalligi kabi kasalliklarni davolash uchun yangi preparatlarni yaratish imkonini beradi.

ULASHISH