Rossiyalik olimlar odam terisidan ko‘z “setchatka“sini yaratishning uddasidan chiqdilar. mir24.tv’ning yozishicha Federal fizik-kimyoviy klinik tibbiyot tadqiqot markazi olimlari yangi ishlanma yordamida ko‘rish qobiliyatini yo‘qatayotgan bemorlarni tuzatish niyatidalar.

Jarayon asosini yaponiyalik professor Sin’e Yamanake’ning hujayralarni qayta yo‘naltirish haqidagi kashfiyoti tashkil qiladi. Yamanaka odam hujayralarning embrional holatga qayta yo‘nala olishdek noyob qobiliyatini fanga ochib berdi.

Rossiyalik olimlar qayta yo‘naltirish uchun odam terisidan foydalanish eng ma’qul ekanligini ta’kidlashmoqda. Chunki teridan namuna olish odamga katta jarohat yetkazmaydi va hujayralar o‘zini tezroq tiklab oladi.

Tadqiqotchilar bunday preparatlar ishlab chiqarilgani va tajriba sichqonlarida sinovdan o‘tkazilganini aytishmoqda. 2017-yilning 1-yanvaridan “hujayrali biotibbiyot mahsulotlar” to‘g‘risidagi qonun amal qila boshlagach, preparatni klinik sinovdan o‘tkazish boshlanadi. Olimlar kelajakda yangi hujayrali texnologiyalar yordamida Parkinson kasalligini davolash niyatidalar.

ULASHISH