Rossiya fanlar akademiyasining Amur ilmiy markazi olimlari ko‘mirda oltin “olish” imkoniyatini beruvchi moslama yaratishdi. Bu haqda TASS ga asoslanib news.rambler.ru xabar berdi.

Apparat tajriba-sinov jarayonida va yaqin kelajakda uni Amur viloyatining issiqlik elektr markazlaridan biriga o‘rnatishligi mumkin.

«Amur kompleks innovatsion texnologiyalar ilmiy markazi” direktori Oleg Avakov bu qurilma juda katta foyda keltirishiga ishonch bildirmoqda. «Filtr foydasiz komponentlar bilan bir qatorda foydali komponentlarni ham o‘zida ushlab qolishi olimlar tomonidan isbotlangan. Agar apparat ozgina bo‘lsada oltinni o‘zida olib qolsa, har tonnadan yarim gramm bo‘lsa ham, qanday iqtisodiy effekt bo‘lishini hisoblab chiqish oson. Ya’ni bir tonna ko‘mir yoqib — 1500 rublga ega bo‘lamiz” — deydi u.

Ko‘mir yoqish davrida uning tarkibidagi oltin filtrda yig‘iladi. Olimlarning fikricha filtrdagi oltin aralashmasidan affinaj usuli orqali toza oltin ajratib olish mumkin.

ULASHISH