Moskvaning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Pavel Pogrebnyakning xotini Mariya Pogrebnyak-Shatalova 1 million rublga sotib olgan sumkasi bilan tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yuklab, o‘z obunachilarini hayratga soldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Ba’zi foydalanuvchilar futbolchining xotini va uning oldida suratgan tushgan qizga sumkalarida kuchukchalar ko‘tarib yurishni tavsiya qildi.

Boshqa foydalanuvchilar esa qizlarning ushbu xaridini ma’qullamadi. Ularning fikricha, bunday toifadagi sumkalarni 100 rublga sotib olish mumkin.

manba: Daryo.uz

ULASHISH