Ravon brendining Rossiyadagi vakolatxonasi yangi dizayndagi R2 (Spark) xetchbeklari savdosini boshladi. Rossiya bozoriga chiqarilgan avtomobilning radiator panjaralari, tumanga qarshi faralari va old bamperi biroz o’zgarishga uchragan. Mashina 86 ot kuchiga ega 1,2 litrli motor va avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo’lib, 439 ming rubldan taklif etilmoqda.

Chevrolet Spark’ning nusxasi bo’lgan Ravon R2 O’zbekistondagi «GM-Uzbekistan» zavodida 2016 yildan boshlab ishlab chiqarilmoqda. Avtomobil rasman Rossiya, Ukraina va Qozog’iston bozorlariga eksport qilinadi.

Ilgariroq «Avtostat» 2016 yil yakuniga ko’ra Ravon’ning Rossiyadagi dilerlari 756 ta avtomobil sotishganini ma`lum qilgandi. Bugungi kunda Rossiyada Gentra va Nexia R3 sedanlari, Ravon R2 xetchbeki sotilmoqda. Bundan tashqari, 1 dekabrdan Rossiya bozorida Chevrolet Cobalt’ning o’zgarishga uchragan versiyasi – Ravon R4 sedani sotila boshlanadi.

manba: Kun.uz

ULASHISH