Rossiyaning Penza shahrida taniqli bodibildingchi va “Janob Koinot” unvoni sohibi Aleksey Netesanov kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy oldi-sotdisida gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Netesanovga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganligini Penza viloyati IIV matbuot xizmati tasdiqladi. Sud gumonlanuvchini uy qamog‘iga olish haqida qaror chiqardi.

Aleksey Netesanov Penzada 1972-yilda tug‘ilgan. U 2006-yili havaskorlar o‘rtasida, 2009-yilda esa professionallar orasida “Janob Koinot” unvoniga erishgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH