SHartnoma uzaytirish borasida «Real» hamda 31 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu o’rtasidagi muzokaralar cho’zilib ketdi, chunki tomonlar yangi bitim muddatini kelisha olishmayapti.

Portugaliyalikning «Qirollik klubi» bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilning yozida yakuniga yetadi. U faoliyatini «qaymoqranglilar» safida yakunlashni orzu qiladi va klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzolamoqchi. Ammo «Real» Ronalduga 4 yillik bitim taklif qilmoqda. Bitimning moliyaviy tomoni ancha oldin hal qilingan va agar tomonlar kelishuvga erishsa, Krishtianu yiliga bonuslarsiz 21 mln. yevro ishlab topadi.

manba: Championat.asia

ULASHISH