Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan 2021-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolaganidan so‘ng futbol tarixidagi eng ko‘p haq to‘lanadigan o‘yinchiga aylandi. Bu haqda, The Sun nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Yangi besh yillik kelishuv shartlariga muvofiq, Ronaldu yiliga 50 million yevro ishlab topadi. Shu tariqa, u besh yil ichida 250 million yevro daromadga ega bo‘ladi.

Ilgari bu maqomga “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ega edi. Argentinalik futbolchi yiliga 45 million yevro ishlaydi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH