Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning professional sifatlarini qadrlashini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Zidan bilan munosabatlarimiz a’lo. O‘tgan mavsumda YChLda g‘olib bo‘ldik. Men futbolchi Zidandan ko‘proq murabbiy Zidanning muxlisiman. U ajoyib mutaxassis va yaxshi inson! Zidan o‘rganishda davom etmoqda, men esa uning yonida ekanimdan xursandman”, – dedi 31 yoshli portugaliyalik futbolchi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH