Krishtianu Ronaldu YeChLning 3-turida «Legiya»ga qarshi kechgan o’yindan keyin bu o’yinga o’zi taklif etgani — niderlandiyalik sobiq futbolchi, yon amiotrofik sklerozga qarshi kurashayotgan Fernando Riksen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres hamda Ronalduning agenti Jorje Mendesh ham bo’ldi.

Ronaldu Riksenga «Legiya»ga qarshi o’yinda kiygan futbolkasini sovg’a qilgan.

Eslatib o’tamiz, Riksen 2013 yilda bedavo kasallik bilan og’riyotganini ma`lum qilgandi. U o’tgan yili Sankt-Peterburgda davolanish kursini o’tagandi.

«Men yon amiotrofik sklerozni Yenga olgan birinchi inson bo’lmoqchiman», – degan Riksen.

Ma`lumot uchun, Riksen Shotlandiyaning «Reynjers» klubi tarkibida 188 ta, Gollandiya terma jamoasi tarkibida esa 12 ta o’yin o’tkazgan. Shuningdek, u 2006–2009 yillar davomida Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sharafini himoya qilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH