“Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi Ispaniya chempionati 14-tur o‘yinida ishtirok eta oladi. Bu haqda, AS nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.

“Real”ning “Sporting Xixon”ga qarshi (2:1) o‘yinidan keyin 31 yoshli futbolchining son qismida muammo paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo 28-noyabr kuni portugaliyalik hujumchi o‘zini yaxshi his qilib, umumiy guruh bilan birgalikda shug‘ullandi.

Qayd etish joiz, Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan “El-Klasiko”da Garet Beyl xizmatlaridan foydalana olmaydi. Uelslik futbolchi “Sporting”ga qarshi (2:1) YChL 5-turida oyog‘idan jarohat olgandi. Katta ehtimol bilan u shu haftada jarroh stoliga yotadi.

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” 3-dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 13-turidan keyin “Qirollik klubi” 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, “Barselona” 27 ochko bilan 2-pog‘onaga joylashdi.

manba: Daryo.uz
ULASHISH