“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Alaves”ga qarshi Ispaniya chempionati 10-turida uchta gol kiritib, madridliklar safida mamlakat chempionati doirasidagi xet-triklari sonini 31 taga yetkazib oldi. Bu haqda “TASSxabar bermoqda.

Ronaldu “Alaves”ga qarshi jamoasining 4:1 hisobida yakunlangan o‘yinidan so‘ng Ispaniya chempionidagi gollari sonini 352 taga yetkazib oldi.

Taqqoslash uchun, “Barselona” yetakchisi Lionel Messining La Ligada qayd etgan xet-triklari soni 25 taga teng.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya chempionati 10-turidan so‘ng “Real” 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” (22 ochko) va “Atletiko” (21 ochko) tegishli ravishda 2–3-o‘rinlarni egallab turibdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH