Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Facebook’dagi sahifasiga yuklagan surati orqali minglab buddaviylarning jahlini chiqardi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.

“Bu hurmatsizlik… Qanday qilib sen Buddaning ustiga oyoq qo‘yding? Krishtianuning bu darajada aqlsiz ekanini bilmagandim. Bugun sen muxlislaringdan birini yo‘qotding”, – dedi foydalanuvchilardan biri.

“Senda odob-axloq yo‘q. Bu Buddaning haykali. Qanday hadding sig‘di…”, – deya izoh berdi boshqa foydalanuvchi.

“Bu Buddaning haykali. U buddaviylarning xudosi. Ozgina bo‘lsa ham hurmat qilish kerak. Sen buni tushunib yetasan degan umiddaman CR7”, – deya suratga o‘z munosabatini bildirdi yana bir foydalanuvchi.

Surat yuklanganidan 4 soat o‘tib, unga 27 mingdan ortiq izoh hamda 650 mingdan ziyod munosabat (layk) qoldirildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH