Braziliya futbolining yorqin namoyondasi Ronaldo Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 turniri timsolinining taqdimot marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga keladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“JCh–2018 rasmiy timsolining taqdimot marosimiga futbol afsonasi – Ronaldo keladi”, – dedi musobaqa tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin.

JCh–2018 rasmiy timsoli 21-oktabr, juma kuni Rossiyaning “Perviy kanal”dagi “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida, mahalliy vaqt bilan 23:30 da tanlab olinadi. Toshkent vaqti bilan esa marosim 22-oktabr soat 1:30 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, mushuk, yo‘lbars va bo‘ri 2018-yilgi jahon chempionati rasmiy timsoli bo‘lish uchun da’vogarlik qiladi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH