Braziliya futbolining yorqin namoyondalaridan biri Ronaldo “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikr bildirib, portugaliyalik turli amplualarda o‘ynay olishga qodir ekanini aytdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

“Ronaldu gol ura olmasa ham katta ahamiyatga ega futbolchi sanaladi. Ehtimol, Krishtianu markaziy himoyachi pozitsiyasida ham munosib o‘ynay olardi”, – dedi Ronaldo.

Braziliyalik sobiq futbolchi “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan doim yaxshi munosabatda bo‘lganini ham ma’lum qildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH