Rossiyalik bokschi Mixail Aloyan Rio—2016 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan kumush medalidan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar berdi “Olamsport”.

Olimpiadaning final jangida o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirovga qarshi ringga ko‘tarilgan va yakunda imkoniyatni boy bergan Aloyan festivalning so‘nggi kunida doping nazoratidan o‘tgan. WADA’ning Fancy Bears guruhi buzib kirgan bazasidan Mixail Aloyan nomi ham chiqib kelgan.

Bokschining murabbiyi qon tarkibidan chiqqan taqiqlangan moddaga izohni uning shamollab qolgani va shundan so‘ng preparat qabul qilgani bilan berdi.

ULASHISH