Buyuk Britaniyada mamlakat me’morlari qirollik instituti (RIBA, Royal Institute of British Architects) Peru poytaxti Limadagi muhandislik-texnologiya universiteti binosini dunyodagi eng yaxshi zamonaviy bino deb topdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Universitet Irlandiyaning Grafton Architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. RIBA o‘z xulosasida binoni “ilhomlantiruvchi”, “shahar ko‘rinishiga shijoatli qo‘shimcha” va “yangi Machu-Pikchu nomiga loyiq” deb hisobladi.

RIBA mukofoti ro‘yxatiga 6 nominant, jumladan, mashhur me’mor Zaxa Hadidloyihalari kirgandi. Tanlovda joylashgan manzili va budjetidan qat’i nazar, biroq oxirgi 3 yil mobaynida qurilgan bino loyihasi mualliflari qatnashishi mumkin edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH