24 yoshli britaniyalik baunji-jamping (rezina arqon bilan sakrash) ustasi Saymon Berri 70 metr balandlikdan sakrab, choyga pechenye botirdi va bu bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Sheffildlik yigit ushbu sakrashni bir martada amalga oshira olishiga o‘zi ham ishonmaganini tan oldi.

“Bunday balandlikdan choyga to‘g‘ri tushish juda qiyin edi. Bu arzirli ish bo‘ldi deb o‘ylayman. Atrofdagilarning tabassumini ko‘rganimdan va rekordchi bo‘lganimdan xursandman”, — dedi Berri.

Kelajakda yigit yana bir nechta rekord o‘rnatmoqchi. Jumladan, bu safar havo sharidan sakrashni rejalashtirmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH