O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro’yxati loyihasini tayyorladi. Hujjat muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e`lon qilingan.

«Gazeta.uz» xabariga ko’ra, ro’yxatni 514 bandgacha qisqartirish (joriy yil qabul qilingan amaldagi ro’yxatda — 1169 dori vositasi) taklif qilinmoqda. Jumladan, ro’yxatga 192 monopreparat (hozirda — 186) va 322 kompleksk dori vositasi (983) kiritilgan.

Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro’yxati tuzilishi O’zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 31 oktabr kuni qabul qilingan «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorida ko’zda tutilgan edi.

ULASHISH