Retro-shik: 2017-yilda eng aktual djinsilar

Djinsilar garderobimizga shunchalik kirib keldiki, qandaydir 60—70 yil avval hech kim uning nima ekanligi haqida tushunchaga ham ega bo‘lmaganligini tasavvur qila olmaymiz. Denim shimlar o‘zining universal va qulayligi tufayli butun dunyo moda ixlosmandlarining ko‘nglidan joy oldi. Ular qomatga urg‘u beradi, deyarli har qanday bluzka va oyoq kiyim bilan ajoyib tarzda mos keladi. Shu bilan birga har yili ushbu kiyimning modasi o‘zgarib boradi. Quyida modelyerlarning fantaziyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

%d0%b1%d0%be%d0%b9%d1%84%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b4%d1%8b-680x383

Oxirgi bir necha mavsum davomida skinni-djinsilar urf bo‘lib keldi. Ular qomatga juda urg‘u beradi, bu esa ularning nafaqat yutug‘i, balki kamchiligi hamdir. Bu mavsumda esa modelyerlar barchaga yoqib qolgan modeldan chetga chiqib, qomatning vizual kamchiliklarini niqoblovchi kengroq djinsilarga e’tibor qaratdi. Bunday djinsilarga “boyfrend” shimlari yaqqol misol bo‘ladi.

Keng bichim — oxirgi moda namoyishlarining trendlaridan biri. Oversize uslubi tobora ko‘proq moda ixlosmandlarining yuragini zabt etayotgani bois dizaynerlar “o‘zingizniki bo‘lmagan” kiyimlarni ko‘proq tikmoqda. Bu djinsilarni ham chetlab o‘tmadi va e’tiboringizga qopsimon va erkin modellarni havola etadi.

Retro-djinsilar — kelayotgan yilda eng urfdagi libos. Bunday djinsilar Amerikada mom-jeans deb ham ataladi. Ularga bel qismining yuqoridan boshlanishi, pastga qarab toraya borishi va qalin paxta matodan tikilganlik xosdir. Bunday bichimdagi shimlar 80-yillarda juda ommabop bo‘lgan, endi esa yana trendda.

%d0%b4%d0%b6%d0%b8%d0%bd%d1%81%d1%8b-%d0%ba%d0%bb%d0%b5%d1%88-680x510

“Boko-shik” modasi bilan birga klyosh-djinsilar ham qaytib keldi. Bu deyarli barcha qizlar uchun quvontiradigan yangilik, chunki bunday bichim poshna bilan birgalikda bo‘yni balandroq, oyoqlarni esa xushbichim qilib ko‘rsatadi. Bunday djinsilarni yengil ko‘ylak (rubashka), shlyapa va kovboycha uslubdagi sumkalar bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi.

%d1%81-%d1%87%d0%b5%d0%bc-%d0%bd%d0%be%d1%81%d0%b8%d1%82%d1%8c-%d0%b4%d0%b6%d0%b8%d0%bd%d1%81%d1%8b

Yana bir yaxshi yangilik — va nihoyat “yirtiq” djinsilar urfdan qoldi. Biroz sitilgan djinsilar kiyishga yo‘l qo‘yiladi, biroq kulguli o‘lchamlarga yetadigan katta yirtiqlar ortda qoldi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH