«Rembo» filmining yangi qismi uning bosh yulduzi – aktyor Silvestr Stallonesiz suratga olinishi ma`lum qilindi. Bu haqda Nu Image/Millennium Films kinostudiyasiga iqtibos keltirgan holda Empire xabar bermoqda

Film prodyuserlari Jon Rembo josus 007 – Jyeyms Bond kabi jangari filmlarning «abadiy» qahramoniga aylanishiga umid qilmoqdalar. Yangi filmning rejissyori Ariel Vromen bo’lishi kutilmoqda.

Rembo yozuvchi Devid Morrell tomonidan o’ylab topilgan. Remboning sarguzashtlari haqida 4 ta film: «Rembo: Birinchi qon» (1982), «Rembo: Birinchi qon – 2» (1985), «Rembo-3» (1988) va «Rembo IV» (2007) suratga olingan.

Morrell Stallone ijrosidagi Rembo muvaffaqiyatli chiqqani, biroq bu rolni boshqa aktyorlar ham o’ynay olgan bo’lishlarini aytdi. «Bu xuddi Jyeyms Bond kabi. Uning turli talqinlari bor, biroq ular hammasi juda muvaffaqiyatli chiqqan», deb ta`kidlab o’tdi  yozuvchi.

manba: Kun.uz

ULASHISH