Joriy mavsumda «Real» futbolchilariga to’lanadigan ish haqi miqdori 31,4 million yevroga oshgan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Klub yaqinda Toni Kroos va Luka Modrichni maoshini oshirdi. Bundan tashqari, «Real» Lukas Vaskes, Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Isko kabi futbolchilarnikini yaqinda oshirmoqchi. Ular bilan yangi shartnomalar imzolashi kutilmoqda. Shundan keyin yuqoridagi futbolchilarning klubdan oladigan maoshi miqdori yanada ortadi.

«Real» tarkibdagi futbolchilarni jamoada olib qolish uchun ham katta miqdordagi maoshni berishga majbur bo’lmoqda.

 

manba: Tribuna.uz

ULASHISH