“Real” tarkibida “Kultural Leonesa”ga qarshi (6:1) Ispaniya Kubogi 1/16 final javob o‘yinida debyut qilib, gollardan biriga mualliflik qilgan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘g‘li Enso madridliklar safida muntazam maydonga tushishga umid qilmoqda. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.

“‘Real’ safida debyut qilish va gol kiritish orzular ro‘yobi. Bu voqea aynan ‘Santyago Bernabeu’ stadionida bo‘lib o‘tganidan xursandman. Ajoyib kecha bo‘ldi. Maydonga munzatam tushish uchun o‘z ustimda ko‘p ishlashim kerak”, – dedi Enso Zidan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH