Xonanda Rayhon G`anieva hamda mashhur boshlovchi Farhod Alimovlarning turmush qurishayotganliklari haqidagi xabar kimnidir hursand qilgan bo`lsa, yana kimningdir g`azabiga duchor bo`ldi. Xullas Rayhonning Instagramdagi sahifasi ana shu kabi ta`na-dashnomli fikrlarga to`lib toshdi. 

Rayhon shu kabi izohlarga bitta qilib javob yozishga qaror qildi.

“Bekorga harakat qilmang, mehnatingizga achinaman. Men ularni hatto o`qimayman. Sizlarga vaqtingizni foydaliroq narsalarga sarflashingizni maslahat bergan bo`lardim. Atrofingizga nazar soling, ahir hayotimizda mo«jizalar qanchalar ko`p, ularni qanday sezmasligingiz mumkin? Bu yo`l bilan sizlarga o`z muhabbatimni izhor qilishga urunyapman. Hatto siz meni o`zingizga do`st deb bilmasangiz ham, men sizlarni baribir yaxshi ko`raman va ulkan baxt tilayman. Chin qalbdan.”

Eslatib o`tamiz, 5 noyabr kuni Farhod va Rayhonning nikohlari munosabati bilan poytaxtimizning restoranlaridan birida Amru-Ma`ruf dasturxoni yoziladi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH