O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2016-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishlash uchun taklif etildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

8–18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqa o‘yinlarini boshqarib borish uchun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)dan bahraynlik hakam Navof Shukrilla boshchiligidagi hakamlar brigadasi mazkur turnirda ishlaydi. O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov ushbu hakamlar brigadasiga video takrorlar bo‘yicha yordamchi hakam sifatida kiritilgan.

Ta’kidlash joiz, FIFA ushbu turnirda ilk bor futbol hakamlari ishini yengillashtirish va qarorlar adolatliligini ta’minlashni mukammallashtirish maqsadida video takrorlar texnologiyasini amalga tatbiq qilib ko‘radi.

ULASHISH