“Avtostat Info” tahliliy agentligi Rossiyada A-turkumidagi kichik litrajli avtomobilllarning oktabr oyidagi sotuvi yakunlarini ma’lum qildi. Bu haqda “1News.uz” xabar bermoqda

Oktabr oyida mazkur segmentda Ravon R2 yetakchilik qildi: mashinani 174 nafar rossiyalik xarid qildi. Ikkinchi o‘rinni KIA Picanto (121), uchinchi o‘rinni esa Daimler AG konserni mahsuloti — Smart ForFour (24) egalladi.

Ro‘yxatdan Matiz ham o‘rin olgan: avtomobil Smart Fortwo bilan 4 va 5-o‘rinlarni bo‘lishib oldi. Ikki mashina ham oktabrda 20 tadan sotildi.

Agentlikka ko‘ra, Rossiya bozorida 2016-yilning 10 oyi mobaynida 2773 dona kichik litrajli avtomobil sotilgan. Bundan 367 donasi oktabr oyi hissasiga to‘g‘ri keldi.

ULASHISH