Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan navbatdagi selfiga tushdi va uning Instagram’dagi sahifasini maqtadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

“Albatta, biz kameralar oldida suratga tushib, ‘to‘g‘ri’ fotolar olishimiz mumkin. Biroq ikkimizga ham oddiy, imkon boricha tabiiy tasvirlar yoqadi. Instagram va boshqa resurslarning millionlab foydanuvchilari ham shunday fikrda ekanligiga ishonchim komil”, — yozgan Qodirov.

Checheniston rahbari Medvedevning “tajribali, peshqadam va internetning o‘z odami” ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Uning Instagram’dagi sahifasi yoshlar orasida juda ommalashgan. Shaharlar ko‘rinishi, peyzajlar, uchrashuvlardan olingan original suratlar ko‘p”, — ta’kidladi Qodirov.

manba: Daryo.uz

ULASHISH