AQSh xususiy instruktorlari Chechenistondagi maxsus bo‘linmalar kuchlarini tayyorlash xalqaro o‘quv markaziga ishga qabul qilinishi mumkin. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deya xabar beradiInterfaks”.

“Birinchi bosqichda 200 nafargacha instruktorni jalb etish mo‘ljallanmoqda. Ular dunyodagi eng yaxshi mutaxassislar”, — deya ta’kidladi Qodirov.

Tuzilayotgan markaz rahbari Daniil Martinovga tayanib, Qodirov amerikalik xususiy instruktorlardan ham 10 ga yaqin talabnoma tushganini bildirdi.

“Hammasi taniqli, o‘z ishining ustasi bo‘lgan odamlar. AQShda Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrikadagi oshkora va maxfiy operatsiyalarda ishtirok etib, boy tajriba to‘plagan mutaxassislar borligini inkor etib bo‘lmaydi”, — deya bunga munosabat bildirdi Checheniston rahbari.

manba: Daryo.uz

ULASHISH