Kerakli mahsulotlar:

Qaynatilgan quyultirilgan sut – 300 gramm

Tvorog – 300 gramm

Slivka – 100 ml

Uvalanuvchi pechenye – 250-300 gramm

Sariyog‘ – 150-200 gramm

Tez eriydigan jelatin – 1,5 osh qoshiq

Tayyorlanishi:

Dastlab chizkeykning asosini tayyorlaymiz. Pechenyeni blenderni idishiga solamiz, uvoq holiga kelguncha aralashtiramiz. Endi sariyog‘ni eritib, unga maydalangan pechenyeni qo‘shib, bir xil holatga kelguncha aralashtiriladi. Jelatinni qo‘llanma bo‘yicha eritiladi. Pechenye va sariyog‘dan iborat asosni tog‘orachaga solinadi, blenderga tvorog, quyultirilgan sut, slivka solinadi. Barcha mahsulotlar aralashtiriladi, so‘ngra jelatin qo‘shiladi va yana bir marta barchasini bir xil holatga kelgunga aralashtiriladi.

Qolipga qandolatchilik plyonkasi solinadi, asos joylashtiriladi va ehtiyotkorlik bilan to‘g‘rilanadi, chetlari chiqariladi. Uning ustiga quyultirilgan sut, tvorog va slivkadan tayyorlangan massa solinadi. Endi chizkeykni muzlatgichga 4-5 soatga, yaxshisi bir kechaga qo‘yiladi.

Sizda mana shunday ishtaha ochar shirinlik tayyor bo‘ladi.

ULASHISH