Fanda havo harorati past, sovuq bo`lgan joyda issiq suv muzli kristallga aylanishi aytib o`tilgan, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri. 

Ontariolik fotosuratchi Maykl Devis aynan shu jarayonni kameraga muhrlashga qaror qildi. U Qutb doirasidan 20 kilometr uzoqlikda, do`sti Markusning qaynoq choyni 40 darajali sovuqda havoga sochganini suratga oldi.

“Do`stim Markus bilan qaynoq choy solingan termosni ko`targancha yo`lga otlandik va manzilga etgach, qaynoq choyni havoga sepdik. Bu tasodifiy kadrlar emas. Men havo haroratini, shamolni hisobga olib, har bir kadrni shunga qarab rejalashtirdim. Muz kristallari orasidan quyoshni ham suratga olishni xohlagandim. Buni uddaladim!”, — dedi Devis.

420x232_article_1480583113_r2wehg

 

manba: Darakchi.uz

ULASHISH