Qozog`istonning Qizilo`rda viloyati Ichki Ishlar Departamenti ijtimoiy tarmoqqa joylangan, politsiya xodimining haydovchining telefonini tortib olgani aks etgan video yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri. 

Videoda politsiya xodimi bilan kostyum kiygan haydovchining tortishayotgani, haydovchining politsiyachining qo`lidan telefonini qaytarib olishga harakat qilayotganini aks etgan. Ichki Ishlar Departamenti politsiyachining nimaga asoslanib, haydovchining qo`lidan telefonini tortib olganiga aniqlik kiritish maqsadida tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Haydovchining telefonni qaytarib olgan-olmagani haqida hech qanday ma`lumot yo`qligi sababli, voqeani suratga olgan operator unga 102 ga ariza bilan murojaat qilishni maslahat bergan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH