Qozog‘iston radiologiya va onkologiya tadqiqot instituti olimlari onkologik kasalliklar bilan kurashishda yordam beruvchi dori vositasini sinovdan o‘tkazishni boshlaganliklarini e’lon qilishdi. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Dori vositasi ko‘plab sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va laboratoriya sichqonlarini davolashda foyda berdi. Keyingi bosqich vositani ko‘ngillilarda klinik sinovdan o‘tkazishdir. Agar preparatning xavfsizligi tasdiqlansa, bemorlar o‘limga olib boruvchi o‘smalarga qarshi kurashishga yordam beradigan sifatli doriga ega bo‘ladilar.

ULASHISH