“O‘zbekgeofizika” kompaniyasining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali tomonidan “Tillali”, “Sayxun”, “Inom” va “Arslon” nomli yangi gaz konlari ochildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi matbuot kotibi Yesimxan Kanaatovning ma’lum qilishicha, bu gaz konlarida hozirgi kunda kuniga o‘rtacha 45 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

“Ustyurt atrofi va Orol dengizida geofizika ilshlarini o‘tkazishni jadallashtirish” dasturiga muvofiq, Ustyurt platosi, Sudochye va Toldiq botiqlarida seysmik-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Kanaatovning qo‘shimcha qilishicha, “Jel”, “G‘arbiy Orol” konlarida ham boy gaz zaxiralari topilgan.

ULASHISH