1. Suli yormasi + soda + borat kislotasi + qatiq.

1 osh qoshiq suli yormasini maydalab, ustiga pichoq uchida soda qo`shiladi.  Borat kislotasidan 2-3 tomchi qo`shib, so`ng qatiq bilan aralashtiriladi. Tayyorlanayotgan niqob smetana ko`rishida bo`lishi lozim. Yuzning qaysi qismida qora nuqtalar bo`lsa, niqobni o`sha erga surtib, 15 daqiqadan so`ng yuviladi.

2. Xamirturushli niqob

Bir pachka xamirturushga 3 % li vodorod peroksidini aralashtirib, bo`tqasimon massa hosil qilinadi. Tayyor niqobni yuzga aylanma harakatlar bilan surtib chiqiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Niqobni iliq suvda yuvgach, muz bo`lakchalari bilan yuz artiladi. So`ng paxmoq sochiqqa teridagi namlikni singdirib, namlantiruvchi va oziqlantiruvchi krem surtiladi.

3. Tuxum oqi + limon + aloe

Bitta tuxum oqiga bir choy qoshiqdan limon hamda aloe sharbati qo`shiladi. Aralashtirib, yuzning muammoli qismiga (yuzning hamma eriga surtish tavsiya etilmaydi!) surtib chiqiladi. 15 daqiqadan so`ng yuz  iliq suvda yuviladi.

4. Bodyaga o`simligi + 3 % li vodorod peroksidi

Bu niqob yuz terisida toshmalari hamda bezovtaligi bo`lmaganlarga tavsiya etiladi. Quritilgan bodyaga o`simligini talqon qilib, vodorod peroksidi bilan aralashtiriladi. Bo`tqasimon massa hosil bo`lishi lozim. Niqobni yuzga surtib, 10 daqiqaga qoldiriladi. Yuzni iliq suvda yuvib bo`lgach, albatta, krem surtishni unutmang.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH