Arxeologlar Qora dengiz tubida Vizantiya va Usmonli impperiyalari davriga oid 40 kema qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Qora dengiz suv osti arxeologiyasi loyihasi tomonidan tashkil etilgan ekspeditsiya eng zamonaviy suv tubi uskunalari yordamida dengizni tekshiruvdan o‘tkazdi. Buning natijasida o‘ziga xos kemalar qabristoni aniqlandi.

Apparatlar 1500 metr chuqurlikda syomka olib borish, geofizik ko‘rsatkichlarni qayd etish hamda dengiz tubini bir necha kilometr radiusda skanerlash imkonini berar edi.

Topilgan kemalarning eng qadimiylari kechki antik davrga oiddir.

manba: Daryo.uz

ULASHISH