O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov qizi Durdonani uzatdi. Bu haqida uning o‘g‘li Ulug‘bek Xolmedov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun xonadonimiz farishtasi, ko‘zlarimiz quvonchi, uch akasining erkasi, kenjamiz, bir donamiz Durdonaxonni turmushga berdik. Jonim singlim, shirinso‘zim, mehribonim, bir donam — baxtli, oltin taxtli bo‘lgin. Seni dunyolarga almashmayman. Hayoting ham o‘zingdek go‘zal bo‘sin”, — deb yozdi Ulug‘bek Xolmedov Facebook’dagi sahifasida.

Mirzabek Xolmedovning Ulug‘bek va Durdonadan tashqari, Oybek va Otabek ismli o‘g‘illari ham bor.

manba: Daryo.uz

ULASHISH