Kerakli mahsulotlar:

1-1,5 kg kartoshka

2 osh qoshiq un

¼ choy qoshiq yanchilmagan garmdori (yoki istalgan ziravor)

Agar istasangiz achchiq bulg‘ori qalampiri (majburiy emas)

1 choy qoshiq sarimsoqpiyozli tuz (majburiy emas)

Qovurish uchun o‘simlik yog‘i

Tuz

Tayyorlanishi:

Gaz pechi 220 haroratda qizdiriladi. Tozalangan kartoshkani uzunasiga 4-6 bo‘lakka bo‘lamiz. Un, achchiq bulg‘ori qalampiri va ziravorlarni paketga solib, aralashtiriladi. Kartoshka bo‘laklari solinib, yaxshilab silkitiladi. 1 mm qatlam hosil bo‘lishi uchun gaz listi yog‘lanadi va 2-3 daqiqaga pechga qaytarib, qo‘yiladi. Listni olib, kartoshkalar solinadi va 15-20 daqiqa davomida pishiriladi, so‘ngra o‘girib chiqilib, yana 10-15 daqiqa pishiriladi. Tuz sepilib, dasturxonga tortiladi.

ULASHISH