Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyoti halokatga uchragani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘rayman”, — deyiladi Atambayevning ta’ziyanomasida.

Eslatib o‘tamiz, 18-oktabr kuni Farg‘ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyotining qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH