Prezident tarafdorlarining Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilik koalitsiyasidan chiqishini ma’lum qildi. Mamlakat konstitutsiyasi va amaldagi qonunchilikka muvofiq, fraksiyalardan birining chiqishi ko‘pchilik koalitsiyasi tarqalishi va u tomonidan shakllantirgan hukumat iste’fosini anglatadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

“Sotsial-demokratik partiya ko‘pchilik koalitsiyasidan chiqadi. Koalitsiyaga kiruvchi boshqa fraksiyalar bilan siyosiy qarashlarimiz mos kelmasligi sababli shunday qarorga keldik”, — deya ta’kidladi fraksiya yetakchisi Isa Omurqulov 24-oktabr, dushanba kuni parlamentdagi chiqishi chog‘ida.

Sooronbay Jeenbekov boshchiligidagi amaldagi hukumat shu yil arel oyida shakllantirilgandi. Qonunga ko‘ra, hukmron koalitsiya tarqab ketganidan so‘ng prezident 3 ish kuni ichida partiyalardan biriga parlament ko‘pchiligini tuzishi uchun vakolat berishi lozim.

manba: Daryo.uz

ULASHISH