14 noyabrda kechki payt Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Putin yana bir marotaba Trampni prezidentlik saylovlaridagi g’alabasi bilan tabrikladi va unga saylovoldi dasturini amalga oshirishda muvaffaqiyat tilab qoldi.

Tomonlar hozirgi Rossiya-AQSh munosabatlari juda qoniqarsiz ahvolda ekanligiga rozi bo’ldilar. Putin va Tramp «bu munosabatlarni normallashtirish uchun faol ishlash kerakligini» qayd qildilar.

Bundan tashqari, suhbatdoshlar birinchi raqamli umumiy dushman – xalqaro terrorchilik va ekstremizmga qarshi birlashish zarurligini aytib o’tdilar. «Bu borada Suriyadagi inqirozni tartibga solish masalalari ham muhokama qilindi», deb aytilmoqda Kreml saytida.

Tomonlar telefon orqali muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, biroq yaqin orada yuzma-yuz ko’rishishlari mumkinligini qo’shimcha qildilar.

manba: Kun.uz

ULASHISH