Rossiya prezidenti saylov oldi targ‘iboti va haqiqiy siyosat o‘rtasidagi farqni aytib o‘tdi. Bu haqda izvestia.ru xabar beradi.

— Biz hammamiz bilamiz, yaxshi tushunamizki, saylovoldi targ‘iboti va haqiqiy siyosat o‘rtasidagi katta farq barcha mamlakatlarda kuzatiladi. Janob Trampning ishlab chiqarishni AQSHga qaytarish, buning hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish haqidagi taklifining nimasi yomon? — deydi davlat rahbari.

Donald Trampning prezidentlikka saylangani Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarining rivojlanishiga xalaqit beradimi? — degan savolga Vladimir Putin » hech qanday qo‘rquv bo‘lishi kerak emas” — deb javob bergan.

Donald Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida Rossiya bilan aloqalarni tiklash niyatida ekanini bir necha bor takrorlab o‘tgan. Bundan tashqari u Moskva va Vashington Yaqin Sharqda birga harakat qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentlik lavozimini 2017-yilning 20-yanvarida rasman egallaydi.

ULASHISH