Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-noyabr kuni amerikalik aktyor Stiven Sigalga RF fuqarosi pasportini berdi. Bu haqda “RBK” xabar qilmoqda.

Bir muddat ilgari Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Putin Sigalni shaxsan qabul qilib, unga pasport topshirishini ma’lum qilgan edi.

“Men sizni tabriklagan holda, bu kichik harakat balki bizning davlatlararo munosabatlarimiz yaxshilanishiga boshlanma bo‘lishiga umid qilaman”, — dedi Putin marosim chog‘ida.

Noyabr oyining boshida Rossiya fuqaroligini olgan Stiven Sigal bir muddat ilgari Moskvaga tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH