Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fanlar akademiyasiga saylanishni man etuvchi taqiqni buzgan 4 nafar mansabdorni lavozimidan ozod etish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Mazkur farmonga ko‘ra, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, tergov departamenti boshlig‘i Aleksandr Savenkov, Mudofaa vazirligi harbiy tibbiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Fisun, Rossiya prezidenti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i Konstantin Kotenko, Federal xavfsizlik xizmati ro‘yxatga olish va arxiv fondlari boshqarmasi boshlig‘i Vasiliy Xristoforov “o‘z istaklariga binoan” lavozimidan bo‘shatildi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mansabdorlarning xizmatdan bo‘shatilishi Rossiya Fanlar akademiyasiga saylanishi bilan bog‘liq yoki yo‘qligi haqidagi savolga “Ha, bog‘liq”, deya javob berdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH