Ko‘pchilik suhbat vaqtida suhbatdoshining ko‘zlariga qaramaslikka harakat qiladi. Bu hodisaga har kim har xil ta’rif beradi. Ba’zi ekspertlar ko‘zga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarashdan qochadigan insonlar yolg‘onlari bilinib qolishidan qo‘rqadilar deb hisoblashadi. Boshqalari esa o‘ta tikilgan nigoh odamlarga tahdid solishi mumkin, shuning uchun ko‘pchilik bundan qochadi degan fikrda. Yaponiyaning Kioto universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar bu ikkala versiya ham xato bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlarini Cognition jurnalida e’lon qildilar. Bu haqda mk.ru xabar berdi.

Olimlar 26 ko‘ngilli ishtirokida bir necha tajribalar o‘tkazishdi. Tajriba ishtirokchilaridan kompyuter dasturi yordamida tayyorlangan inson yuzlari qarshilaridagi monitorda avtomatik tarzda paydo bo‘lganda, suratlarni unga bog‘langan so‘z bilan nomlash so‘raldi. Bu yuzlarning ba’zilari “boshqa taraf“ga, qolganlari esa tajriba ishtirokchisiga qarab turgan edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kimningdir ko‘ziga tikilib turib unga bog‘langan so‘z aytish ishtirokchilarda qiyinchilik tug‘dirmagan. Misol uchun “pichoq” so‘ziga bog‘liq so‘z aytish so‘ralgan insonlar, qiynalmasdan — kesish deya javob berganlar. Lekin umumiy jihatlar kam yoki juda ko‘p bo‘lsa, unda ular javob berishda qiynalganlar. Ro‘paralaridagi tasvirning ko‘zlariga qarash kerak bo‘lganda esa ularning javoblari ancha tezlashgan.

Olingan natijalarga ko‘ra olimlar: -“ko‘z bilan aloqa” odamni xayollarini bir joyga qo‘yishga xalaqit beradi, — degan xulosani ilgari surishmoqda. Bu esa ko‘pchilik insonlar suhbat vaqtida o‘z miyalarini ortiqcha “urintirmaslik” uchun suhbatdoshlarining ko‘ziga qaramasliklarini bildiradi.

ULASHISH