2016 yil 31 oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirining “Oliy ta`lim muassasalari talaba-yoshlarining Konstitutsion huquqlaridan kelib chiqib doimiy yashash joylarida ovoz berishlariga sharoit yaratish to’g’risida”gi №452-sonli buyrug’i imzolandi. Bu haqda xushnudbek.uz saytida xabar berilgan.

Buyruqqa ko’ra, oliy ta`lim muassasalari mehnat jamoasi va talaba-yoshlarining Konstitutsion huquqlaridan kelib chiqib, ularning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarida doimiy yashash joylaridan ishtirok etishlariga sharoit yaratish maqsadida joriy yilning 1-5 dekabrida qisqa muddatli ta`til e`lon qilindi.

Talaba-yoshlarni ta`til vaqtida doimiy yashash joylariga borib- kelishini tashkil etishga yaqindan yordam berish, jumladan, yo’l chiptalari bilan uyushtirilgan holda ta`minlash maqsadida oliy ta`lim muassasalarida Ishchi guruhlar tuzish hamda ta`til munosabati bilan talaba-yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida “O’zbekiston temir yo’llari” va “O’zbekiston havo yo’llari” davlat kompaniyalari bilan hamkorlikda ta`lim muassasalarida yo’l chiptalarini imtiyozli narxlarda sotish tashkil etiladi.

Shuningdek, OTMda tahsil olayotgan chin yetim talabalarning saylovda ishtirok etishlariga sharoit yaratish yuzasidan tegishli saylov uchastkalarini aniqlash, ularning ro’yxatini saylov uchastkasiga taqdim etiladi.

Oliy o’quv yurtlari rahbariyatlariga mazkur buyruq ijrosini ta`minlash uchun zaruriy choralar ko’rish vazifasi yuklatilgan.

ULASHISH