Premyer-liga bosh murabbiylari urush qo’mondonlariga aylanganda (fotogalereya)

Italiyalik Pupuzzaro grafik dizayner ingliz Premyer-ligasi bosh murabbiylarining juda chiroyli tarixiy suratlarini taqdim etdi, deb xabar beradi “championat.asia”.

Slaven Bilich — janglarda ko’p askarini yo’qotib, g’alaba qozonadigan qo’mondon. Har doim ham uning himoya qo’rg’oni dushman hujumlariga dosh beravermaydi.

Antonio Konte — qalalarni himoya qilishda unga teng keladigani yo’q. Uning taktikasi ishonchli himoya va qarshi hujum.

Aleks Fergyuson — jangning oxirigacha g’alaba uchun kurashadigan qo’mondon. Ushbu inson urushlarda ko’plab tarixiy g’alabalarga erishgan afsona hisoblanadi.

Xosep Gvardiola — ispancha hujum taktikasini xush ko’ruvchi daho. U Olmoniya va ingliz yurtida ham muvaffaqiyatli yurishlar amalga oshirgan kamdan-kam generallarning biridir.

Yurgen Klopp — eng agressiv qo’shin qo’mondoni. Ushbu inson askarlari ishtirok etgan janglarda dushman taraf yanchib tashlanadi.

227518_680

 

Joze Mourinyo — eng yirik urushlarda kuchsiz hisoblangan qo’shin bilan katta g’alabalarga erishgan general. Butun Yevropa undan hayqib turadi.

Maurisio Pochettino — qo’l ostidagi askarlardan qanday foydalanishni yaxshi biladigan iqtidorli qo’mondon. Uning qo’shinlarida asosan yosh askarlar xizmat qiladi.

Klaudio Raneri — ingliz yerlarini zabt etgan italiyalik general. Uning ayyorona yurishlari dushmanlarni ko’p marotaba dovdiratib qo’ygan.

Arsen Venger — hech qachon o’z yerlarini birovga berib qo’ymaydigan fransiyalik qo’mondon. Uning askarlari ko’p jarohat olishadi, ammo generalning 4 ta qalasi doimo to’pchilar himoyasida.

ULASHISH