Mamnuniyat bilan tayyorlang!

Kerakli mahsulotlar:

Tovuqning ko‘krak qismi 2dona

Kartoshka 3 dona

Pomidor 2 dona

Bosh piyoz 1 dona
Yangi shapminon qo‘ziqorinlari 2 dona

Yashil piyoz 2 dona

Smetana 25 foio‘ 150 g

Tuz ta’bga ko‘ra

Tuyilgan qora murch

Tayyorlanishi:

1.Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz.
2.Piyoz va shampinonlar mayda kubik shaklida to‘g‘raladi va o‘simlik yog‘ida tilla rangga kirgunga qadar qovuriladi.
3.Tovuq go‘shti bolg‘acha bilan uriladi hamda tuz va murch sepiladi.
4.Kartoshka tozalanib, qirg‘ichdan chiqariladi.
5.Tovuq go‘shti issiqqa chidamli idishga solinadi, unga qovurilgan shampinon va piyoz solinadi, so‘ngra yarim oy shaklida to‘g‘ralgan pomidorlar va yashil piyoz solinadi, tuz sepiladi.
6.Har bir tovuq go‘shti ustiga qirg‘ichlanan kartoshka solinib, tuz sepiladi.
7.Usti smetana bilan qoplanadi (yoki mayonez bilan, kimga qanaqasi yoqsa).
8.Qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida 180 haroratda pishiriladi.

ULASHISH